11 dek 22:16
Yangiliklar
Boks/MMA
Yana bir final! Hasanboy Do'smatov arman bokschisiga master-klass o'tdi
Boks bo'yicha IBA Jahon chempionatida yarim final bahslari o'tkazilmoqda.
Musobaqada -51 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan ikki karra Olimpiada chempioni Hasanboy Do'smatov yarim finalda armanistonlik Rudolf Garboyanga qarshi ringga ko'tarildi.
Jang to'liq davom etdi va unda bokschimiz 5:0 hisobida g'alabaga erishdi.
Malumot uchun, Hasanboy musobaqa doirasida Turkiya va Tojikiston vakillarini mag'lubiyatga uchratgandi.
Endi u finalda Rossiya yoki Zambiya vakiliga qarshi ringga ko'tariladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar