So’nggi yangiliklar

08:28Волков расм орқали UFC чемпионлиги учун жанг сўради + ФОТО 0 08:03"Манчестер Юнайтед" Почеттинонинг вакиллари билан музокаралар ўтказди 0 07:32Total Chess. Абдусатторовдан "даҳшатли" старт. У фақат Бибисарани хафа қила олди холос 0 07:01Фомин Грециядаги "Челленжер"ни илк босқичдаёқ тарк этди 0 20:28Дана Уайт Эдди Хирнни Лондонда юзма-юз келишиб олишга чақирди 0 19:57Афсонавий Рауль Гонсалес илк бор катталар жамоасини бошқаради 0 18:55Махачев Тошкентда топширилган ишончнома ҳақида гапирди + ФОТО 0 18:24Илия Топурия фаолиятидаги энг эсда қоларли жангини айтди 0 17:53"Манчестер Юнайтед" Кэррикни "Ливерпуль"га қарши ўйингача истеъфога чиқариши мумкин — манба 0 17:22Жейрон Эннис иштирокидаги бирлаштирувчи жанг қачонга белгилангани маълум 0 16:50Мейвезер катта жанги учун эҳтимолий рақибларни очиқлади 0 16:19Усман Нурмагомедов бир неча кун ичида UFC’га ўтиши мумкин 0 15:48Венгер ФИФА президенти сайловида иштирок этишга рози бўлиш арафасида 0 15:17Уч нафар ҳамюртимиз Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:46Бугун икки боксчимиз Олимпия ўйинлари медали учун рингга кўтарилади 0

16 avg 14:02
Yangiliklar

Futbol

Yana bir futbolchimiz Top-5 chempionatiga yo'l olishga yaqin turibdi

Milliy terma jamoamizning JCH-2026 final bosqich yo'llanmasini qo'lga kiritishi ortidan legionerga aylanadigan futbolchilarimiz soni ortishi tabiiy.

Gap O'zbekiston milliy terma jamoasiga nomzod, yoshlar terma jamoamizning etakchisi azosi, Osiyo chempioni, jahon chempionati ishtirokchisi, ayni paytda Samarqandning "Dinamo" klubi sharafini himoya qilayotgan Jahongir O'rozov haqida ketmoqda. 

O'rozov Rossiyaning "CHertanova" futbol klubida faoliyatini boshlagan. Keyin "Bunyodkor" klubiga ko'chib o'tgan. SHuhrat Maqsudov bosh murabbiyligidagi "qaldirg'ochlar" safida 2022 yilgi mavsumda "Lokomotiv"ga qarshi safar o'yinida oliy ligada debyut qilgan. 2023 yilning avgustida Turkiya birinchi divizioni vakili "Eyupspor" klubi bilan 5 yillik shartnoma imzolagan. Arda Turan murabbiyligidagi bu turk klubi 2023/2024 mavsum chempioni sifatida Turkiya Superligasiga yo'l oldi, istedodli himoyachimiz esa kichik oltin medallarni qabul qilib oldi. 

O'tgan yilning ikkinchi davrasida Samarqandning "Dinamo" jamoasiga ijara asosida keldi. Bosh murabbiy Vadim Abramov ishonch bildirgan futbolchi ikkinchi davraning to'liq 13 ta o'yinida maydonga tushdi. SHu yil "Dinamo" rahbariyati "Eyupspor" klubidan O'rozovning tranfserini 100 000 dollardan sal ko'proq mablag' evaziga sotib oldi. 

Jahongir O'rozovning agenti SHaxriyor Eshboevning bizga xabar berishicha, ayni paytda Franciya oliy divizionida doimiy tarzda kuchli beshtalikda yuradigan klubi bilan muzokaralar yakuniy bosqichiga kelgan. Transfer 70-80 foizga hal bo'lgan. SHu sababdan ham, Italiyaning "Kremoneze", Belgiyaning "Zyulte Varegem", Bolgariyaning CSKA 1948, Rossiyaning "Krasnodar" va "Sochi" hamda Eron klublaridan bo'lgan takliflarga rad javobi berilgan. Ikki klub o'rtasida kelishuv rasmiy tus olishi bilan bu haqda xabar beramiz. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing