14 mar 07:43
Yangiliklar
Boks/MMA

Yana bir jangchi UFC'dan haydaldi
Greg Xardi endi tashkilot jangchisi emas.
So'nggi uch yil davomida UFC'da jang qilgan Greg Xardi endi dunyoning eng kuchli ligasi jangchisi emas. Bu haqida amerikalikning o'zi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali malum qildi.
"Biz shunchaki o'zgartirishlar kiritishimiz kerak. Barcha muxlislarim va yomon ko'radiganlarga rahmat. Hammangiz men uchun azizsiz! Murabbiylarim, oilam, shuningdek, menga yorqin porlash imkoniyatini bergani uchun UFC'ni alohida qadrlayman”, — deb yozadi Xardi.
33 yoshli Greg Xardi UFC'da o'nta jang o'tkazdi, to'rttasida g'alaba qozondi, besh bor mag'lubiyatga uchradi. Yana bir u ishtirokidagi yana bir jang natijasi elon qilinmasdan yakunlandi.
Havola :
Manba : fighttime
Fikrlar