20 jan 12:18
Yangiliklar
Boks/MMA

Sergey Spivak va Greg Xardi jangi bir yarim oyga kechiktirildi
Jangning qoldirilgani haqida vaziyatga yaqin bo'lgan manbalar xabar bermoqda.
Og'ir vazn toifasida Sergey Spivak va Greg Xardi o'rtasidagi UFC 270 turnirida bo'lib o'tishi rejalashtirilgan jang amerikalik jangchining jarohat olgani bois 5 mart sanasida, Las Vegasdagi UFC 272 turniri doirasida bo'lib o'tishi mumkin.
Dastlab Greg Xardi Aleksey Oleynik bilan jang qilishi kerak edi, biroq rossiyalik jangchi nomalum sabablarga ko'ra og'ir vazndan ketdi. Moldova sharafini himoya qilgan 26 yoshli Sergey Spivak avvalgi jangda Tom Aspinallga birinchi raundda texnik nokaut bilan yutqazib, uchtalik g'alaba seriyasini to'xtatdi. 33 yoshli Greg Xardi ketma-ket ikkita mag'lubiyat alamini totib ko'rdi, u Marchin Tibura va Tay Tuvauega nokaut bilan yutqazdi.
Havola :
Manba : sports.ru
Fikrlar