07 apr 08:18
Yangiliklar
Og'ir atletika

Yana bir og'ir atletikachimiz Jahon kubogini medalsiz yakunladi
Xabaringiz bor, shu kunlarda Tailandning Pxuket shahrida og'ir atletika bo'yicha kattalar o'rtasida Jahon kubogi o'tkazilmoqda.
Musobaqaning kechagi kuni doirasida O'zbekiston terma jamoasining bir nafar azosi - Sarvarbek Zafarjonov (89 kg) ishtirok etdi.
"B" guruhida bahs olib borgan hamyurtimiz dast ko'tarish yo'nalishida 164 kg tosh ko'tarib, o'z guruhida to'rtinchi natijani qayd etdi. Ammo Sarvarbek siltab ko'tarish bellashuvlarida natijaga erisha olmadi va shu sabab sovrinli o'rinlardan quruq qoldi.
Havola :
Manba : t.me/uzbek_weightlifting
Fikrlar