So’nggi yangiliklar

16:53Ян Непомняшчий Синдаров - Гукеш ўйинига тахмин билдирди 0 16:22"Пахтакор" ва "Нефтчи"нинг Саудия Арабистони клублари билан ўзаро ҳисоб-китоби 0 15:51Ўзбекистон гимнастлари Роттердамдаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 15:20Евлоев Волкановскига қарши жангда UFC`нинг ноёб рекордини ўрнатиши мумкин 0 14:49Ферстаппен Сингапур Гран-присида илк бор ғалаба қозонди 0 14:18Ўзбек клубларининг "Ал Насср" билан ўйинлардаги статистикаси қандай? 0 13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0 12:14Элит ОЧЛ. Бугун икки клубимиз Саудия Арабистони жамоалари билан ўйнайди 0 11:43Нодирбек Абдусатторов: “Жавоҳир ниҳоятда истеъдодли, ҳатто мендан ҳам” 0 11:12Бивол ўзи учун энг муҳим уч рақибни айтди 0 10:41Махачев Доғистон ҳақидаги ҳазил билан Волкановскининг янги соч турмагига муносабат билдирди (ФОТО) 0 10:10Исломбек Исмоилов: "Биз фақат Роналдуга эмас, балки бутун "Ал Насср" жамоасига қарши ўйнаймиз" 0 09:39"Бу ҳали бошланиши". Музаффарбек Тўрабоев Жаҳон чемпионатида қўлга киритилган медалига муносабат билдирди 0

20 fev 20:45
Yangiliklar

Boshqalar, Tokio-2020

Yana bir o'zbek sportchisiga avtomobil sovg'a qilindi

Teglar :  ParalimpiyaNeksiya
Paralimpiyachi Azizbek Abdulhabibov NEXIA-3 avtomashinasi bilan taqdirlandi.

2019 yil 21-25 avgust kunlari Vengriyaning Ceged shahrida o'tkazilgan suv sportining eshkak eshish turlari bo'yicha jahon chempionatida farg'onalik Azizbek Abdulhabibov faxrli 4-o'rinni egallab, joriy yil Yaponiyaning Tokio shahrida bo'ladigan XVI yozgi Paralimpiya o'yinlariga yo'llanmani qo'lga kiritgan edi.

Bugun Farg'ona viloyati Furqat tumani “Ko'k do'ppi” qishlog'ida tug'ilib o'sgan Azizbek Abdulhabibov Farg'ona viloyati hokimligi tomonidan NEXIA-3 rusumli avtomashina bilan taqdirlandi.


SHu munosabat bilan tashkil etilgan tantanali tadbirda sportchi, uning oila azolari va yaqinlari hamda viloyat sport jamoatchiligi ishtirok etdi. Tadbirda so'zga chiqqan Azizbek Abdulhabibov ko'rsatilayotgan g'amxo'rlik va etibor uchun hukumatimizga minnatdorlik izhor qildi va Paralimpiya o'yinlarining parakanoe yo'nalishida vatanimiz bayrog'ini yuqori ko'tarish uchun astoydil harakat qilishini bildirdi.

Biz ham o'z navbatida Azizbek Abdulhabibov Yaponiyada bo'lib o'tadigan XVI yozgi Paralimpiya o'yinlarida yuqori natijalar ko'rsatishiga ishonch bildiramiz.

Reyting:    

Fikrlar

   
20 fev 22:50:32
Abbos Mamadiyarov
Tabriklaymiz bundan ham yuqori marralarni zabt eting!!!
Sportchilarimizga avtomobillar sovgʻa qilinayotgan bir paytda Fan olimpiadalarida munosib qatnashib birinchilikni olib qaytgan yurtdoshlarimizga haliham xoʻja koʻrsin tariqasida faxriy yorliqlar bilan kutib olinishi oddiy holga aylanib qoldi. Ahvol shu tarzda ketadigan boʻlsa kelajak yosh avlod koʻz oʻngida bilimdon yoshlar orzu-umidini sindirib qoʻymasmikinmiz?! Yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda bir oʻzbek bolasining Xalqaro Matematika olimpiadasida 1-oʻrinni olgani va unga eng "qadrli"ga aylanib ulgurgan faxriy yorliq topshirildi. BILIMDON YOSHLARIMIZ BUNDANDA KOʻPAYSIN!!!
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing