19 mar 17:13
Yangiliklar
Boks/MMA

Yana bir promoushen Makgregor bilan shartnoma imzolamoqchi
Qo'lqopsiz o'tkaziladigan janglar bo'yicha Bare Knuckle Fighting Championship promousheni Konor Makgregor bilan shartnoma imzolamoqchi.
Tashkilotning asosiy maqsadi Konor Makgregor hamda Pol Malinyaji o'rtasida jang tashkil qilishdan iborat. BKFC promousheni Konor uchun mega taklif tayyorlamoqda. Malinyajining qo'lqopsiz qoidalardagi debyut jangi katta ehtimol bilan Artyom Lobovga qarshi bo'lib o'tadi.
Lobov esa Konor Makgregorning yaqin do'sti hisoblanadi. Lekin Konorning hozirda UFC bilan amaldagi shartnomasi bor. UFC bu holatda katta mablag' keltiruvchi mijozini boshqa tashkilotga qo'yib yubormasa kerak.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar