14 noy 15:47
Yangiliklar
Boks/MMA

Yana bir sportchi MakGregorni jangga chorladi
UFC jangchisi Donald Serrone irlandiyalik aralash qoidalar jangchisi Konor MakGregor bilan jang qilmoqchi.
Amerikalik sportchi Instagrami orqali Konorni jangga chorladi.
U sahifasiga o'zi va MakGregorning suratini joylashtirgan va "Uni kutyapman. Men bir yigitni bilaman" deb izoh qoldirgan.
35 yoshli Serrone o'tgan haftada UFC Fight Night 139 turnirida Mayk Perrini birinchi raundda mag'lubiyatga uchratgandi.
Havola :
Manba : instagram.com/cowboycerrone
Fikrlar