09 iyu 10:18
Yangiliklar
Boks/MMA

Yana bir UFC jangchisi chempionlik bahsini istamoqda
Yarim og'ir vaznda UFC jangchisi Yan Blaxovich Lyuk Rokxold ustidan qozonilgan g'alaba unga chempionlik jangida ishtirok etishi uchun etarli deb hisoblayapti.
"UFC meni kelajagim haqida nimalar tuzayotganini bilmayman. Lekin keyingi jangim chempionlik kamari uchun bo'lishi kerak. Men bunga haqliman. Lyuk Rokxoldni mag'lub etdim, u ancha kuchli sportchi hisoblanadi.
Yaqinda 36 yoshga to'ldim va tabiiyki, chempionlik jangini xohlayman. Hozir ayni vaqti. Boshqa bunga imkon bo'lmasligi mumkin", - dedi Blaxovich.
Eslatib o'tamiz, avvalroq yana bir UFC jangchisi Fransis Ngannu ham chempionlik jangida ishtirok etishga haqli ekanligini malum qilgandi.
Havola :
Manba : MMA News
Fikrlar