So’nggi yangiliklar

22:26Холмурод Нурматов иштирокидаги жанг муддатидан олдин якунланди 0 20:05Анвар Абдуллаев фаолиятидаги илк мағлубиятини ACA Лигасида қабул қилиб олди 0 19:37Дэвид Бенавидес Бивол билан жанг бўйича музокаралар бошланганини айтди 0 19:15ACA 203. Шариф Кушаев иорданиялик рақиб билан жанг қилди 0 19:01Исо Масиҳга ўхшатилган ва маданий ҳаёт туфайли "Манчестер Сити"дан кетган. Ўзбекистоннинг янги мураббийи ҳақида нималар биламиз? 0 18:39Хамзат Чимаев RAF турнирида Кайл Снайдерга қарши кураш эҳтимолини баҳолади 0 18:18Риёд-2026 Жанг санъати ва ёпиқ иншоотлардаги Осиё ўйинлари дастурига кирган спорт турлари маълум бўлди 0 17:52Хотамбек Бойназаров UFC'да Хоакин Бакли билан жанг қилиш ҳақида гапирди 0 17:25Палмер "Манчестер Юнайтед"га ўтишга рози?! 0 17:02Фурқатбек Ёқубов — ўзбекистонлик ММА жангчиларига: "Рақиб танлашда озгина уялинглар!" 0 16:39Қозоғистон жаҳон хоккейи элитасига қайтди! 0 16:16Дана Уайт Конор Макгрегорнинг қайтаётганини тасдиқлади 0 15:40ЖЧ-2026 финали чипталари 33 000 долларгача ошди 0 15:14Расман: Арман Царукян Топурия - Гэтжи жанги учун захира варианти бўлади 0 14:39Абдусатторов, Синдаров ва бошқалар. Самарқандда ўтказиладиган Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси учун таркибларимиз эълон қилинди 0

06 mar 15:14
Yangiliklar

Boks/MMA

"Yangi Konor" o'zining "Xabib"ini topdi. Topuriyaning keyingi nishoni Maxachev!

Yaqinda ispaniyalik Iliya Topuriya UFC yarim engil vazn toifasida chempionlik kamari uchun kechgan jangda Aleksandr Volkanovskini mag'lub etib, vaznning yangi qiroliga aylangandi.

Ushbu g'alaba Topuriyaning reytingini sezilarli darajada oshirib yubordi va u tezda reklama yulduzlaridan biriga aylandi. Yulduz hamda Konor Makgregorning yo'lini takrorlash maqomi Iliyani ikki kara chempionlik uchun majburlaydi. Ispaniyalik engil vazn toifasi chempioni Islam Maxachev bilan uchrashishni anchadan beri kutib yuribdi va bu borada potencial jangning targ'iboti allaqachon boshlanib bo'lgan. Bundan tashqari, Topuriya o'z divizionida kamarga davogar bo'lishidan oldin ham rossiyalik jangchi haqida gapirishni boshlagandi. "Menda Maxachevni mag'lub etish qobilyapti bormi? Albatta, o'zimni undan har taraflama ustun deb bilaman", degandi yangi chempion. 

Endi "Matador"ning davolari yanada aniqlashdi, u chempionlik kurashidagi yorqin va ishonchli g'alabasi bilan barchani hayratda qoldirdi. Maxachev Iliyaning yutug'ini yuqori baholadi va shu bilan birga unga hurmat bajo keltirdi: "Aleks, shubhasiz, engil vazn toifasidagi eng buyuk chempionlardan biri. U boshini baland tutishi va kuchli bo'lib qaytishi lozim. Yangi chempion, Topuriyani bo'lsa tabriklayman, qoyil bijo!", dedi rossiyalik jangchi. 

Qahramonimizning o'zi navbatdagi jangda kamarini himoya qilish va shundan keyingina o'z omadini engil vaznda sinab ko'rish istagida ekanini bildirdi: "Kelgusi jangda o'zimga qarshi ko'rishni istagan 3 raqib bor: Konor Makgregor, Maks Xollouey, SHon O’Melli. 

Umid qilamanki, yil oxiriga qadar yana bitta jang o'tkazaman, keyin esa Islam navbatdagi nishonim bo'ladi. U bilan jang meni pound-for-pound reytingida birinchi o'ringa yaqinlashtiradi. Men o'zimni ikki karra UFC chempioni sifatida ko'raman", deydi chempion.

Bundan tashqari, yangi chempion Maxachevning tabriklarini etiborsiz qoldirmadi, Islam esa uni "bijo" deb ataganini yuqorida aytib o'tdik, bu gruzinchada "o'g'il bola" degan manonini anglatadi. Topuriya yaqinda ijtimoiy tarmoqlarga "bola sizni nokaut qilmoqda" deb, Maxachevning Adriano Martinsga nokaut evaziga mag'lub bo'lgan videosini joylashtirdi. 

Qolaversa, asli gruziyalik bo'lgan sportchi Xabib Nurmagomedov haqida shunday dedi: "Men Xabib Nurmagomedovga qarshi jang qilishdan xursand bo'lardim. Bu orzuimdagi jang hisoblanadi. U 29-0 rekordiga ega, bunday natija juda jozibali va tarixiydir. Men uchun Xabib munosib va sharafli chempion sanaladi, biroq uni 100 foiz taslim etgan bo'lardim". 

Iliyaning ushbu gaplari biroz g'alatidek tuyuladi, ammo u nimaga kirishayotganini juda yaxshi biladi. Konorning barcha hiyla-nayranglarini o'zlashtirayotgan jangchi sifatida u o'zining Xabibiga muhtoj. Bunday "konkurent" uchun Islamdan afzalroq variant yo'q. 

Maxachev ayni paytda dominant chempion bo'lib, u qog'ozda o'z vazn toifasida hammadan sezilarli darajada kuchliroq va pound-for-pound reytingida birinchi o'rinni egallab turibdi. Albatta, rossiyalikni bemalol etuk UFC yulduzi deb atash mumkin.


Habib Jo'raboev tarjimasi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing