18 avg 10:16
Yangiliklar
Futbol
Yangi mavsum "Barselona"da kim sardor bo'lishi malum
Hujumchi Rafinya 2026/27 yilgi mavsumda "Barselona"ning birinchi sardori bo'ladi.
Bu haqda ESPN xabar bermoqda.
Gap shundaki, ilgari "Barselona"ning birinchi sardori Mark-Andre ter SHtegen edi, ammo u ijara huquqi asosida "Ayaks"ga o'tdi. Kataloniyaliklarning vice-sardori Ronald Arauxoni esa "Liverpul" ijaraga oldi.
Ular ketgach, "ko'k-anorranglilar"ning yangi sardori yarim himoyachi Frenki de Yong bo'lishi kerak edi. Biroq klubda sardorlik bog'ichi Rafinyaga berilishiga qaror qilindi. Avvalroq de Yongning og'ir jarohat olgani haqida xabar berilgan edi.
Rafinya va de Yong bo'lmagan taqdirda, sardorlik bog'ichi Pedriga o'tadi. Undan keyingi o'rinda himoyachi Erik Garsiya bor.

Havola :
Fikrlar