So’nggi yangiliklar

19:30Рамазон Темиров янгиланган UFC рейтингига муносабат билдирди (ФОТО) 0 18:42Энтони Жошуа нима сабабдан Усикнинг машғулот лагеридан кетганини тушунтирди 0 18:14"Барселона" ва "Реал" ярашув битимига эриша олмади 0 17:45Ислам Махачев қачондан кейинги жангига тайёргарликни бошлашини айтди 0 17:22Тошкентдаги проф бокс оқшоми учун яна бир жанг эълон қилинди (ПОСТЕР) 0 16:54Таэквондо WТ терма жамоамиз World Taekwondo Final Гран-присида тўлиқ таркиб билан иштирок этади 0 16:17Гвардиола нима учун Италия терма жамоасини бошқаришдан бош тортгани ҳақида гапирди 0 15:41Гукеш Жавоҳир Синдаров билан илк партия ҳақида фикр билдирди 0 14:52Сенсацион мағлубиятидан кейин Гейбл Стивсоннинг UFC'даги навбатдаги жанги эълон қилинди 0 14:01Жавоҳир Синдаров Гукеш билан илк партиядан сўнг нималар деди? 0 13:15ОЧЛ 2. Бугун "Насаф" ўз уйида Баҳрайн жамоасини меҳмон қилади 0 12:42Никита Белозерцев Анқарадаги Челленжерда нимчорак финалга йўл олди 0 11:31Царукян RAF лигасида Махачев ва Нурмагомедов билан курашмоқчи 0 10:24«Исламни ММАдан кетишга мажбур қиламан». Карлос Пратес Махачев билан эҳтимолий жанг ҳақида 0 09:36ЕЧЛ. "Арсенал" ғалабани қўлдан чиқарди, "Ман Сити"да дуранг ва бошқа натижалар 0

28 noy 17:52
Yangiliklar

Tadbirlar, Olimpiya o'yinlari, Osiyo o'yinlari

Yangi Olimpiya davriga tayyorgarlik rejalari muhokama markazida

Bugun O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasida yangi Olimpiya cikliga munosib tayyorgarlik ko'rish, Qo'mita faoliyatini izchil yo'lga qo'yish masalalariga bag'ishlangan yig'ilish bo'lib o'tdi.

Unda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Administraciyasi departamenti rahbari Odil Abduraxmanov, Osiyo Olimpiya kengashi vice-prezidenti, MOQ raisining birinchi o'rinbosari Otabek Umarov, Qo'mita Bosh kotibi Oybek Kasimov, MOQ raisi o'rinbosari SHerzod Tashmatov, Sport vazirligi va Milliy Olimpiya qo'mitasi masullari ishtirok etishdi.

Uchrashuvda Milliy Olimpiya qo'mitasi faoliyatini tizimli takomillashtirib borish, uning maqsadli va natijaga yo'naltirilgan ish rejasi asosida samarali faoliyat yuritishi belgilab olindi. Buning uchun Qo'mita mutasaddilarining o'z yo'nalishlaridan kelib chiqqan holda qisqa, o'rta va uzoq muddatli ish rejalarini shakllantirish, Sport vazirligi, hududiy hokimliklar, federaciya va associaciyalar bilan hamjihatlikda ish yo'lga qo'yish lozimligi bildirildi.

SHuningdek, O'zbekiston delegaciyasini Milan-Kortina-2026 qishki Olimpiya, Aichi-Nagoya-2026 yozgi Osiyo va Los-Anjeles-2028 yozgi Olimpiya o'yinlariga puxta tayyorlash, buning uchun terma jamoalarimizga barcha sharoitlar yaratish va ularga xorijdan malakali mutaxassislar jalb etish kabi ustuvor mavzular borasida fikr almashildi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing