10 jan 15:13
Yangiliklar
Boks/MMA

Yangi shou boshlanish arafasida: MakGregor boks jangi bo'yicha muzokara olib bormoqda
Irlandiyalik aralash qoidalar jangchisi Konor MakGregor va boks bo'yicha sobiq chempioni Pol Malinyaji jang bo'yicha muzokara olib bormoqda.
Eslatib o'tamiz, MakGregorning Meyvezerga qarshi jangi oldidan Malinyaji irlandiyalikning mashg'ulot lagerida ishtirok etgan. Ammo, MakGregor ijtimoiy tarmoqdagi sahifaga Malinyajining yiqilgani aks etgan suratni joylashtirganidan so'ng orada tushunmovchilik boshlangan va Pol MakGregor bilan hamkorlikni yakunlagandi.
Bokschi anchadan beri Konorni jangga chorlaydi va ora-orada haqorat qilishni ham yoddan chiqarmaydi.
Malinyaji shu kungacha prof boksda 36 ta g'alaba va 8 ta mag'lubiyat qayd etgan.
Havola :
Manba : twitter.com/BoxingKingdom14
Fikrlar