14 may 09:36
Yangiliklar
Tennis

Yannik Sinner Rim "Masters" 1/4 finalida
Dunyoning birinchi raketkasi Yannik Sinner Italiya poytaxtida davom etayotgan "Masters" turnirining chorak final ishtirokchisiga aylandi.
Mezbon tennischi 1/8 finalda ATP reytigida 18-o'rinni egallab turgan argentinalik Fransisko Serundoloni 7/6(2), 6/3 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Yannik tennischilarning o'zaro uchrashuvlari hisobida oldinga chiqib oldi - 3:2.
Ikki soatu 17 daqiqa davom etgan bahsda ikkala tennischi ham 2 tadan eys zarbasini amalga oshirgan. Breyklar bo'yicha kichik ustunlik Sinner tomonida bo'ldi - 3 ga 2.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar