05 iyu 11:32
Yangiliklar

Yannik Sinner "Rolan Garros" 1/2 finaliga chiqdi
Italiyalik tennischi 1/4 finalda WTA reytingida 62-pog'onada borayotgan qozog'istonlik Aleksandr Bublikka hech qanday imkoniyat qoldirmadi - 6/1, 7/5, 6/0. Bublik faqat ikkinchi setda nomdor raqibiga qarshilik ko'rsata oldi, xolos.
Tennischilarning o'zaro uchrashuvlaridagi hisob muvozanati Yannik foydasiga yiriklashdi - 4:1. Bir soatu 49 daqiqa davom etgan bahsda ikkala tennischi ham 5 tadan eys zarbasini amalga oshirgan. Qo'shxatolar 6 ga 1 ko'rinishida Bublik "foydasi"ga hal bo'ldi. Sinner esa breyklar bo'yicha mutlaq ustunlik qildi - 6 ga 0!
Italiyalik tennischi qatorasiga ikkinchi yil ham "Rolan Garros" turniri yarim finaliga chiqdi. O'tgan yili u bu bosqichda ispaniyalik Karlos Alkarazga imkoniyatni boy berib qo'ygandi.
Fikrlar