31 may 20:09
Yangiliklar
Futbol
Yaponiya terma jamoasi yulduzi APLga o'tmoqda
Yaponiya terma jamoasi etakchilaridan biri Daichi Kamada Rim klubi uni saqlab qolishni istayotganiga qaramay, "Lacio"ni tark etmoqda.
Fabricio Romanoning yozishicha, Kamada kelasi oy erkin agentga aylanadi va "Kristal Pelas"ga o'tadi. London klubida u Frankfurtning "Ayntraxt" jamoasida birga ishlagan Oliver Glassner bilan qaytadan uchrashadi.
Kamadaning "Kristal Pelas" bilan bitimi tafsilotlari hozircha oshkor etilmagan.
Kamada o'tgan yozda Frankfurtning "Ayntraxt" klubidan erkin agent sifatida "Lacio"ga o'tib, "1+2" ko'rinishida shartnoma imzolagan edi.
Kamada A Seriyaning 29 ta o'yinida 2 ta gol urdi va 2 ta golli pas uzatdi.
Havola :
Manba : twitter.com/FabrizioRomano
Fikrlar