20 iyu 18:53
Yangiliklar
Tokio-2020
Yaponiyada o'tkazilgan so'rovda qatnashganlarning uchdan bir qismi Tokio Olimpiadasiga qarshi!
Yaponiyaning Kyodo News agentligi 2020 yilgi Olimpiada Tokioda o'tkazilishi to'g'risida so'rov o'tkazdi.
So'rovda qatnashganlarning 23,9 foizi Olimpiya o'yinlarini Tokioda o'tkazish tarafdori. 36,4 foiz o'yinlar yana qoldirilishi kerak, deb hisoblaydi, chunki bir yil ichida koronavirus bilan bog'liq vaziyat barqarorlashmaydi, degan fikrda.
33,7 foizi Olimpiadaning bekor qilinishini maqullashdi – ularning fikriga ko'ra, Yaponiya hukumati sport tadbirlariga emas, balki koronavirusga qarshi kurashga ko'proq pul sarflashi kerak.
Eslatib o'tamiz, Tokio Olimpiadasi 2020 yil 24 iyuldan 9 avgustgacha bo'lib o'tishi kerak edi, ammo koronavirus pandemiyasi tufayli turnir 2021 yil xuddi shu sanalarga qoldirilgandi.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar