28 noy 08:05
Yangiliklar
Yashil qitada o'tkaziladigan UFC 325 turnirining asosiy jangi tasdiqlandi + POSTER
Jumladan, 31 yanvar kuni Avstraliyaning Sidney shahrida o'tkaziladigan raqamlangan UFC 325 turnirining asosiy jangi ham rasman tasdiqlandi. Unda yarimengil vaznda amaldagi UFC chempioni avstraliyalik Aleksandr Volkanovski reytingda ikkinchi o'rinni egallab turgan braziliyalik Diego Lopesdan o'z kamarini himoya qiladi.
SHu yilning aprel oyida Volkanovski Islam Maxachev va Iliya Topuriyadan qabul qilib olgan ikki mag'lubiyatini g'alaba bilan yopgan edi. Avstraliyalik Diego Lopesni hakamlarning yakdil qarori evaziga mag'lubiyatga uchratgan va Iliya Topuriya vakant qoldirgan vakant chempionlik kamarini qo'lga kiritgandi. Lopes uchun UFC 325 turniridagi jang revansh maqomida bo'ladi.
Diego Lopes shu yilning sentyabr oyida vatandoshi Jin Silvani ikkinchi raundda texnik nokautga uchratgan edi.

Fikrlar