So’nggi yangiliklar

19:05Ёқубов реванш учун Гаирбековга ўз гонорарини беришга ҳам тайёр 0 18:40"Бу ҳақда ҳамма жим". Стрикленд UFC’ни кескин танқид қилиб, ташкилотни тарк этиш ниятини билдирди 0 18:11Алекс Перейра нима учун боксга ўтмаслигини тушунтирди 0 17:40Чеферин тўртинчи муддатга ўз номзодини қўйишга қарор қилди 0 17:14WBA Хайме Мунгиянинг жангини тасдиқламади ва вазиятга муносабат билдирди 0 16:30"Опетайяни осонгина мағлуб этаман". Шон Стрикленд боксга ўтишга тайёрлигини билдирди 0 15:41Жанибек Алимханулининг чемпионлик жанги қачон ва қаерда ўтиши маълум бўлди 0 15:12Меҳди Тартар: "Ўзбекистон билан мунтазам ўйнаш Эрон терма жамоасининг обрўсини туширмоқда" 0 15:07Илья Сибирцев Жаҳон кубогида совриндор бўлди (ФОТО) 0 14:41Жавоҳир Умматалиевнинг Лондондаги рақиби испаниялик бўлади 0 14:10UFC шарҳловчиси Жо Роган янги шартнома бўйича чорак миллиард доллар олади 0 13:39Мексикада рестлинг турнири чоғида 75 ёшли ҳакам қабул қилинган усулдан сўнг вафот этди + ФОТО 0 13:08"Ўғлимни катта дарвозадан эмас, орқа эшикдан чиқариб юборишди". Роналдунинг онаси терма жамоа атрофидаги машмашаларга муносабат билдирди 0 12:37Кормье Гэтжини огоҳлантирди: "Бундай қилиш ярамайди" 0 12:06Тошкентда сузиш бўйича Жаҳон кубоги бошланди 0

23 fev 08:05
Yangiliklar

Kurash

Yashnoboddagi 1-BO'SMda hakamlar uchun o'quv-seminar tashkil etildi

Ortda qolgan 2020 yilgi maqsad-vazifalarini muvaffaqiyatli yakunlagan O'zbekiston bel olish va uch kurash associaciyasi poytaxtimizning Yashnobod tumanidagi 1-sonli BO'SMda bo'lib o'tadigan joriy yilgi ilk musobaqa - 2004-2005 yillarda tug'ilgan o'smirlar hamda kattalar o'rtasidagi bel olish va uch kurash bo'yicha O'zbekiston chempionatiga start berdi.

O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda O'zbekiston bel olish va uch kurash associaciyasining yillik taqvim-rejasidagi mazkur chempionat oldidan kecha 22 fevral kuni  rejaga muvofiq, hakamlar uchun associaciya bosh kotibi Nosir Azizov va boshqa tegishli mutaxassislar ishtirokidagi o'quv-amaliy seminar o'tkazildi.

- Mazkur seminarni o'tkazishdan maqsad – bel olish va uch kurash bo'yicha hakamlarning bilim va tajribasini boytib borish, qayta sinovdan o'tkazish, - deydi associaciya bosh kotib Nosir Azizov. - Musobaqalarda ishtirok etish uchun sportchi oylab, yillab tayyorgarlik ko'radi, yaxshi orzu-umidlar bilan, bor mahoratini ishga solib kurash tushadi, shunday paytda hakamlarimizni xato va kamchiliklarga yo'l qo'ymasligi zarur va shart. SHunday ekan halollik bilan, adolat bilan, bilim va tajribaga tayanib hakamlik qilishi uchun har bir musobaqa oldidan va keyin bu kabi seminarlar tashkil etib boramiz. Bundan tashkari shu yil may oyida Farg'onada o'tishi rejalashtirilayotgan o'smirlar o'rtasidagi jahon chempionatida ham hakamlarimizni ishtirok etishlari uchun bosqichma-bosqich tayyorlab borish va xalqaro darajadagi hakamlik sertifikatlariga ega bo'lishini taminlashdan iborat bo'ladi.    

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing