20 dek 08:13
Yangiliklar

Yaxshi xabar! Azizbek Temirov ham akasi singari faoliyatini AQSHda davom ettiradigan bo'ldi!
U LFA (Legacy Fighting Alliance) ligasi bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda Tapology nashri xabar bermoqda. Hozircha shartnoma tafsilotlari malum emas. Biroq Azizbekning debyut jangi bo'yicha malumotlar bor.
Temirov 2025 yilning 11 yanvar kuni AQSHning Kaliforniya shtati, Lemor shahrida tashkil etiladigan LFA 199 turniri doirasida oktagonga ko'tariladi. Unga o'sha kuni rossiyalik Magomed SHaxbanov raqiblik qiladi.
LFA 199 turnirining markaziy jangi braziliyalik Ari Farias va Qozog'iston vakili Sabit Jusupov o'rtasida kechadi. SHuningdek, musobaqa doirasida rossiyalik taniqli pop-MMA jangchisi SHovxal CHurchaev ham LFA'dagi debyut jangini o'tkazadi.
Hozircha Azizbek Temirovning o'zi LFA'ga o'tgani haqidagi malumotlarni tasdiqlaganicha yo'q. Hamyurtimiz faoliyati davomida 5 ta jang o'tkazib, ularning barchasida g'alaba qozongan. Magomed SHaxbanov hisobida esa 4 ta g'alaba bor.
Fikrlar