10 mar 19:13
Yangiliklar
Boks/MMA
Yaxshi xabar: Bogdan Guskov UFC reytingida ko'tarilishga erishdi
Etiborlisi, bu UFC`dagi o'zbekistonlik jangchilar uchun eng yuqori o'rin hisoblanadi.
Yarim og'ir vazn toifasining yangilangan UFC reytingida o'zgarishlar kuztatildi. Bu vaznda ikkita o'zgarish sodir bo'ldi.
Sakkizinchi o'rindagi SHveycariya vakili Volkan Ozdemir bir pog'ona pastladi va to'qqizinchi o'ringa joylashdi. Avval to'qqizinchi o'rinda bo'lgan hamyurtimiz Bogdan Guskov esa Ozdemirning joyiga yuqoriladi. Bogdan UFC`dagi debyut jangida aynan Ozdemirga yutqazgan edi.
Qayd etish joiz, bu o'zbekistonlik UFC jangchilari reytingda egallagan eng yuqori o'ringa aylandi.

Havola :
Manba : Main Card
Fikrlar