21 fev 14:27
Yangiliklar
Boks/MMA

Yaxshi xabar: Bokschimiz kamar uchun ringga ko'tariladi
Bokschimiz Mirzakamol Nematov 26 fevral kuni Moskva shahrida 40 yoshli mezbon sportchi Marat Xuzeev (20-17-1)ga qarshi ringga chiqadigan bo'ldi.
Etiborlisi, ushbu jang WPBF Intercontinental kamari uchun tashkil etiladi.
"Duo qilib turinglar, Xudo xohlasa, shu kamarni ona Vatanimga olib boraman", - deya post qoldirgan Nematov Instagram sahifasida.
Boks oqshomini Rossiyaning "Sportivnyy" telekanali translyaciya qiladi. Janglar Toshkent vaqti bilan 19:00 da boshlanadi.
Xuzeev faoliyati davomida SHohjahon Ergashevning so'nggi raqibi Dmitriy Miliusha bilan ham jang qilgan.
Malumot uchun, 23 yoshli hamyurtimiz prof boksda 3 ta jang o'tkazgan va barchasida g'alaba qozongan. Oxirgi jangi 29 yanvar kuni Guerin Soh Fonkoga qarshi bo'lib o'tgandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar