14 jan 17:04
Yangiliklar
Velosport
Yaxshi xabar: O'zbekiston sport brendi Italiyaning mashhur velosport klubi titul homiysiga aylandi (FOTO)
O'zbekistonning 7Saber sport brendi endilikda Bardiani–CSF professional italyan velosport klubiga homiylik qiladi.
Bu haqda jamoa rasmiy sahifalari xabar berdi. Endilikda klub nomida ham 7Saber brendidan foydalaniladi va jamoa Bardiani-CSF 7 Saber deya ataladi. Bundan tashqari, jamoaga oid barcha ramzlarda 7Saber nomi o'rin oladi.
Bardiani–CSF professional velosport jamoasiga 1982 yilda Italiyada asos solingan. Klub velosportning shosse yo'nalishi bo'yicha faoliyat olib boradi.
Malumot uchun, jamoa azolari o'z vaqtida Giro d'Italia, UAE Tour kabi nufuzli velopoygalarda muvaffaqiyatga erishgan.








Havola :
Manba : instagram.com/bardianicsf7saber
Fikrlar