20 may 19:51
Yangiliklar
Boks/MMA

"Yaxshigina raqobat bo'ladi". Hindistonlik mutaxassis O'zbekiston asosiy tarkibi bilan OCHga borayotganidan xursand
Hindiston terma jamoasi boshlig'i Santyago Nieva mamlakat bokschilarining bo'lajak Osiyo chempionatidagi ishtiroki haqida fikr bildirdi.
"Bu musobaqa Olimpiadaga tayyorgarlik yo'lida muhim ahamiyatga ega. Biz ancha vaqtdan buyon Patialadamiz va bokschilarga motivaciya zarur. Rejamiz bo'yicha bu bokschilarimiz uchun Olimpiada oldidan oxirgi musobaqa.
O'zbekiston va Qozog'iston kabi terma jamoalar chempionatga Olimpiada licenziyasini qo'lga kiritgan, eng kuchli tarkibini lib bormoqda. Tokio oldidan bizda yaxshigina raqobat bo'ladi", - dedi jamoa boshlig'i.
Eslatib o'tamiz, Osiyo chempionati 24 may kuni BAAning Dubay shahrida boshlanadi.
Havola :
Manba : Boxing India
Fikrlar