So’nggi yangiliklar

19:35"Манчестер Юнайтед" "Рома" юлдузи билан келишувга эришди 0 18:50Рамазон Темиров: "Зарбаларим аниқроқ борганида, Стив бундан ҳам оғирроқ нокаут бўлиши мумкин эди" 0 18:02Тим Цзю Эррол Спенсни мағлуб этиб, рақибини фаолиятини якунлашга мажбур қилди 0 17:20"Ўзбекистонда ҳам чемпион бўлади. Буни биринчи бўлиб, ўзим бажараман" — Рамазон Темиров 0 16:03Ўзбекистон U-20 аёллар терма жамоаси – CAFA чемпиони! 0 15:10Рамазон Темировнинг жангдан кейинги фикрлари қандай бўлди? 0 14:01Парижда кураш бўйича Президент соврини учун мусобақа ўтказилди 0 13:07Махлуқ ролидаги Шоҳжаҳон Эргашев, тепкиланган Одилхон ва бошқалар. Тошкентдаги проф бокс оқшомидан ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 12:19Суперлига. Бугун Тошкент дербиси бор 0 01:00Ўзбекистонлик жангчилар иштирокидаги Octagon 89 турнирининг барча натижалари бир саҳифада 0 00:31UFC Abu-Dhabi турнирининг бонус эгалари эълон қилинди. Рамазон Темиров рўйхатда борми? 0 00:23Кутганмидингиз?! Шоҳжаҳон Эргашевнинг Марк Урвановга қарши жанги биринчи раунддаёқ ниҳоясига етди 0 00:00Гусков Анкалаевга, Темиров эса Эрцегга қарши жанг қилди! UFC Abu-Dhabi турнирининг барча натижалари бир саҳифада 0 23:54UFC ABU-DHABI. БОГДАН ГУСКОВНИНГ МАГОМЕД АНКАЛАЕВГА ҚАРШИ МАРКАЗИЙ ЖАНГИ БЕШИНЧИ РАУНДДА ЯКУНЛАНДИ! 0 23:01РАМАЗОН ТЕМИРОВ ИШТИРОКИДАГИ CO MAIN EVENT ЖАНГИ БИРИНЧИ РАУНДДА ЯКУНЛАНДИ! 0

14 jan 15:52
Yangiliklar

Kurash

Yil boshida yilning eng muhim masalalari hal qilindi

BAAning Dubay shahrida Xalqaro Kurash associaciyasi Boshqaruv qo'mitasining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Yig'ilish kun tartibidan 15 ga yaqin masalalar o'rin olgan olgan bo'lib, ularning asosiy qismi joriy yilda bo'lib o'tadigan musobaqalar va ularning taqvim rejasiga bag'ishlandi.

Yig'ilishni IKA Prezidenti, Osiyo Olimpiya Kengashi Osiyo o'yinlari Bosh direktori janob Haydar Farmon boshqarib bordi. Unda IKA Boshqaruv qo'mitasi azolari, O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi va O'zbekiston Kurash federaciyasi vakillari ishtirok etdi.

Dastlab, qitaviy Kurash konfederaciyalari Prezidentlari joriy yilda o'z qitlarida o'tkazilishi rejalashtirayotgan musobaqalar haqida malumot berdi.

IKA matbuot xizmati IKA Boshqaruv qo'mitasida muhokama qilingan va tasdiqlangan masalalarni etiboringizga havola qilib boradi. Darhaqiqat, 2023 yil musobaqalar tig'iz va ko'p ekanligi bilan ahamiyatga molik.

25-29 aprel kunlari Xitoyning Xanchjou shahri kattalar o'rtasida XII Osiyo chempionatiga mezbonlik qiladi. Mazkur qita birinchiligi sentyabr oyida bo'lib o'tadigan Yozgi Osiyo o'yinlari doirasidagi kurash bahslariga ham o'ziga xos tayyorgarlik vazifasini ham o'tab beradi.

Evropa Kurash konfederaciyasi 26-28 may kunlari Turkiyaning Istanbul shahrida Kurash bo'yicha kattalar, yoshlar va o'smirlar o'rtasida qita chempionatini o'tkazishni rejalashtirgan.

SHuningdek, Panamerika kurash ittifoqi tomonidan 8-15 iyun kunlari Xalqaro Kurash haftaligini tashkil etishni rejalashtirgan. Haftalik davomida Kurash bo'yicha Panamerika chempionati, xalqaro murabbiylik va hakamlik seminari va bir qator tadbirlar bo'lib o'tadi. Mezbon sifatida esa Ekvador, Venesuela va Nikaragua davlatlari ko'rib chiqilmoqda.

Afrika Kurash ittifoqi ilk bora qita chempionatini Misrda o'tkazishga qaror qildi. Poytaxt Qohira shahri 6-11 iyul kunlari Afrika chempionatiga mezbonlik qiladi.

SHuningdek, yil davomida Yozgi Osiyo o'yinlari, Yopiq inshoatlar va jang sanatlari bo'yicha Osiyo o'yinlari, Janubiy sharqiy Osiyo o'yinlari, Afrika o'yinlari, Tafisa o'yinlarida Kurash bahslari bo'lib o'tadi. 

IKA musobaqalar taqvim rejasidan barcha qitaviy chempionatlar oldidan Xalqaro Kurash instituti tomonidan xalqaro murabbiylik va hakamlik seminarlari ham kiritilgan.

11-25 avgust kunlari Kurash vatani Poytaxti Toshkent shahrida IKI tomonidan sportchilarning professional tayyorgarligini oshirish maqsadida o'quv mashg'ulotlarini tashkil etish rejalashtirilgan.

Xalqaro Kurash associaciyasining 2023 yil musobaqalar taqvim rejasi tez orada IKA rasmiy saytida elon qilinadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing