18 noy 10:49
Yangiliklar
Yilning Yakuniy ATP turnirida chempion aniqlandi (barcha malumotlar)
Hal qiluvchi final uchrashuvida dunyoning birinchi raketkasi italiyalik Yannik Sinner ATP reytingida beshinchi o'rinni egallab turgan amerikalik Teylor Fritcga qarshi kortga chiqdi. Bu ikki tennischi musobaqaning guruh bosqichida ham o'zaro to'qnash kelishgan va unda Sinner g'alaba qozongandi.
Finalda ham scenariy o'zgarmadi. Yannik raqibini xuddi birinchi uchrashuvda bo'lgani singari bir xil hisoblarda taslim etdi - 6/4, 6/4. Tennischilarning o'zaro uchrashuvlarida italiyalik oldinda bormoqda - 4:1.
Sakson to'rt daqiqa davom etgan final bahsida Sinner 14, Fritc 8 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Yannik - Yakuniy ATP turnirida chempion bo'lgan birinchi italiyalik tennischiga aylandi. U 2016 yildan keyin o'z uyida chempionlikka erishgan ilk tennischi ham bo'ldi. Ungacha bu ishni Londonda Endi Marrey bajargandi.
Yannik Sinner ketma-ket 11 ta uchrashuvda g'alaba qozondi. U oxirgi o'tkazgan 27 ta uchrashuvidan 26 tasida zafar quchgan. Finaldagi g'alaba u uchun mavsumdagi 70-g'alaba bo'ldi. Bu eng yaxshi natija hisoblanadi.
Sayyoramizning birinchi raketkasi Yakuniy ATP turniridagi muvaffaqiyatli ishtirokidan 4,9 million dollar hamda 1500 reyting ochkosi ishlab oldi.
Fikrlar