10 dek 11:17
Yangiliklar

Yoanna Enjeychik: Ronda Rouzining rekordini yangiladim
Polshalik sportchi Kanadada o'tgan UFC 231 turniri doirasida jahon chempionlik kamari uchun kechgan bahsda ochkolar hisobiga ko'ra imkoniyatni boy berib qo'ygan edi.
- O'ylashimcha, faoliyatimdagi eng kuchli raqiba bilan to'qnash keldim. Tan olaman, Valentina menga nisbatan jismoniy tayyorgarligi yaxshiroq ekan. Qarshi hujumlarda yaxshi kutib oldi. Yaxshi teykdaunlarga ega bo'ldi. Oktagonda aql bilan harakat qildi.
Mag'lubiyatga uchraganimga qaramay, o'tkazgan jangimdan qoniqish hosil qildim. CHempionlik kamarlari uchun kechgan janglar soni bo'yicha Ronda Rouzining rekordini yangiladim. Endigi rejalar qanday? UFC prezidenti Dana Uayt va murabbiylarim bilan maslahatlashib olganimizdan so'ng o'z rejalarimni oshkor qilaman. Etti oy AQSHda bo'ldim, hozir Polshaga qaytmoqchiman, - dedi Enjeychik.
Fikrlar