04 mar 21:09
Yangiliklar
Boks/MMA

Yodgoroy Mirzaeva Tokio-2020 yo'lidagi ikkinchi jangini o'tkazdi
Iordaniya poytaxti Amman shahrida boks bo'yicha Osiyo/Okeaniya mintaqasining licenzion musobaqasi davom etmoqda.
Hozirgina bugungi dastur doirasida ringga chiqishi rejalashtirilgan ikkinchi bokschimiz o'z jangini yakunladi. -57 kg vaznda yurtimiz sharafini himoya qilgan eng tajribali charm qo'lqop ustamiz Yodgoroy Mirzaeva Xitoy Taypeyi vakilasi YU Ting Linga qarshi ringga ko'tarildi.
Afsuski, bo'y jihatidan ancha ustunlikka ega bo'lgan taypeylik bokschi uch raund yakunlariga ko'ra g'alaba qozonib, keyingi bosqichga yo'l oldi. Hakamlar bir ovozdan 5:0 (30:27, 30:27, 30:27, 30:27, 30:27) hisobidagi g'alabani Lingga taqdim etishdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar