23 sen 10:57
Yangiliklar
Boks/MMA

Yoel Romeroning navbatdagi jangi kamar uchun bo'lishi mumkin
Yoel Romero Bellator'dagi omadsiz debyutga qaramay, navbatdagi jangini chempionlik uchun o'tkazishi mumkin.
Bu haqida tashkilot rahbari Skott Koker malum qildi. Kokerning aytishicha, agar Yoel o'rta vaznda jang qilishga tayyor bo'lsa, vazn chempioni Gegard Musasi va Ostin Vanderford jangi g'olibiga qarshi oktagonga ko'tariladi.
Eslatib o'tamiz, Yoel Romero Bellaltor'dagi debyut jangini Fil Devisga qarshi o'tkazib, raqibiga ochkolar hisobiga ko'ra mag'lub bo'lgandi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar