09 mar 12:17
        Yangiliklar	
	
				
				    Futbol			    
				 
				
			 
				"Yonimda kuchli Husanov borligini his qildim". Diash Abduqodirning "Manchester Siti"dagi o'yini haqida gapirdi
"Manchester Siti" himoyachisi Ruben Diash Abduqodir Husanovning o'yiniga baho berdi.
			Avvalroq Xosep Gvardiola jamoasi APL doirasida "Nottingem Forest"ga yutqazgandi (0:1). "SHaharliklar"ning markaziy himoyasida Diash va Husanov o'ynadi.
"Husanov hali yosh. Ammo, u barcha ko'rib turganidek yaxshi. Bugun yonimda kuchli Husanov borligini his qildim", — dedi Diash.
"Manchester Siti" APL jadvalida 28 uchrashuvdan so'ng 4-o'rinda bormoqda. Xosep Gvardiola jamoasi 15 mart kuni o'z maydonida "Brayton"ni qabul qiladi.
            Havola            :         
                    Manba                : City Report
             
			
Fikrlar