18 mar 16:02
Yangiliklar
Boks/MMA
"Yoqadimi-yoqmaydimi, Evloev navbatdagi chempion bo'ladi" - menejer
Menejer Ali Abdel-Aziz o'z mijozi, engilmas jangchi Movsar Evloev kelajakda UFC chempioni bo'lishiga ishonch bildirdi.
"Sizga yoqadimi-yo'qmi, Movsar navbatdagi chempion bo'ladi", — deb yozdi u X ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
30 yoshli Evloev 2014 yilda professional MMAda debyut qilgan, 2019 yildan buyon UFC’da janglar o'tkazib kelmoqda. Uning hisobida 9 ta g'alaba bor va hali mag'lubiyatga uchramagan. Keyingi jangini u 21 mart kuni Leron Myorfiga qarshi o'tkazadi.

Havola :
Manba : MMA Mania
Fikrlar