16 jan 16:07
Yangiliklar
Boks/MMA
"Yoqmasa, ko'rmanglar!" - Uayt tanqidchilarga javob qaytardi
UFC prezidenti Dana Uayt Sidneyda bo'lib o'tadigan UFC 325 turnirining asosiy voqeasi - Aleksandr Volkanovski va Diego Lopes o'rtasidagi revansh jangidan norozi bo'lgan muxlislarning tanqidiga keskin javob berdi.
"Agar yoqmasa, ko'rmanglar! Bu shunchaki manoga ega jang edi. Bu siz o'ylagandek yomon jang bo'lmaydi", - dedi Uayt YouTube’dagi Complex News kanaliga bergan intervyusida.
Volkanovski va Lopes o'rtasidagi ilk jangi 12 aprel kuni UFC 314 turniri doirasida bo'lib o'tgan va unda Volkanovski Lopesni hakamlarning yakdil qarori bilan mag'lub etgandi. Avstraliyalik aralash yakkakurash ustasi 27 g'alaba va 4 mag'lubiyatga ega bo'lib turibdi.

Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar