02 fev 09:33
Yangiliklar
Boks/MMA

Yordenis Ugasda navbatdagi ishonchli g'alaba
Ayni daqiqalarda AQSHning Biloksi shahrida professional boks kechasi bo'lib o'tmoqda.
Oqshomning qiziqarli janglaridan biri yarim o'rta vazn toifasida o'tkazildi. Unda WBC chempionlik kamariga sobiq davogar Yordenis Ugas uncha taniqli bo'lmagan raqibi Mayk Dallasga qarshi ringga ko'tarildi.
Jang muddatidan avval yakunlandi. Ugas jang startidanoq ustunlikni o'z tomoniga og'dirib oldi. Natijada ettinchi raundda Dallasning sekundantlari referidan jangni to'xtatishni so'rashdi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar