04 fev 09:46
Yangiliklar
Boks/MMA

Yosh bokschilarimizning Rossiyadagi g'alabasi
Rossiyaning Komsomolsk shahrida boks bo'yicha 2002-2003 yillarda tug'ilgan sportchilar o'rtasidagi xalqaro turnir hamyurtlarimiz uchun muvaffaqiyatli yakunlandi.
Musobaqada Kuba, Janubiy Koreya, Xitoy, Franciya, CHexiya, Norvegiya, Finlyandiya, Angliya, Rossiya va O'zbekiston yoshlar terma jamoalari azolari ishtirok etishdi.
Murosasiz bahslarning natijalariga ko'ra, Hamid Tangribergenov murabbiyligidagi O'zbekiston yoshlar terma jamoasi azolari 1 tadan oltin va kumush, 4 ta bronza medalini qo'lga kiritib, umumjamoa hisobida rossiyaliklardan keyin 2-o'rinni egalladi.
Vakillarimizdan -49 kg vazn toifasida Avazjon Yo'ldoshev oltin, -75 kg og'irlikda Nurislom Ismoilov kumush va Firdavs Jumyozov (-60 kg), SHohjahon Abdullaev (-81 kg), Amirshox Samadov(-91 kg) va Jahongir Zokirov (+91 kg) bronza medallariga musharraf bo'lishdi.
Havola :
Manba : uza.uz
Fikrlar