23 avg 13:08
Yangiliklar
Dzyudo
Yosh dzyudochilarimiz jahon chempionatini kuchli uchlikda yakunlashdi
Ekvadorning Guayakil shahrida dzyudo bo'yicha o'smirlar o'rtasida jahon chempionatining yakkalik bahslari yakunlandi.
Musobaqaning so'nggi kunida finalgacha etib borgan hamyurtimiz Jo'rabek Eshpo'latov kumush medalga sazovor bo'ldi.
Kumush medal:
-90 kg: Jo'rabek Eshpo'latov.
SHu tariqa, dzyudochilarimiz yakkalik bahslarini 1 ta oltin, 1 ta kumush va 4 ta bronza jami 6 ta medal bilan umumjamoa hisobida kuchli uchlikda yakunlashdi. Barcha g'olib va sovrindorlar:
Oltin medal:
-40 kg: Iroda Sirojiddinova.
Kumush medal:
-90 kg: Jo'rabek Eshpo'latov.
Bronza medal:
-55 kg: Bobur Yusupov
-73 kg: Behruzbek Usmonov
-44 kg: Alina Kolyucheva
-48 kg: CHaros Hikmatova.
Bugun aralash jamoaviy dastur bahslari bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : Olympic.uz
Fikrlar