15 iyu 19:45
Yangiliklar
Yosh gandbolchilarimiz Italiyada sovrindor bo'lishdi
Unda dunyoning 5 ta qitasidan kelgan 100 ga yaqin o'smirlar, yoshlar va qizlar jamoalari bir nechta yosh toifasida kubok uchun o'zaro bellashdi. Mazkur nufuzli musobaqada O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi o'n sakkiz yoshgacha bo'lgan (U-18) gandbolchilar birinchiligida qatnashib, 17 jamoa orasida shohsupaning ikkinchi pog'onasini band etdi.
O'zbekistonlik gandbolchilar guruh bosqichida “Chambery Savoie-V” (Franciya), “Omar Abou” (Liviya), “Taichung mun.long-jin” SHS (Xitoy Taypeyi), HC “Aix en Savoie” (Franciya), ASD “Polisportiva Città Sant'Angelo” (Italiya), “Acana Moto” J.O. (Polsha) va “Crea El Harrouch” (Jazoir) jamoalarini mag'lubiyatga uchratgan bo'lishsa, 1/4 finalda Franciyaning “Pays Riolais H”, 1/2 finalda “Chambery Savoie-A” klublari dog'da qoldirildi.
Hamyurtlarimiz hal qiluvchi o'yinda “Virum Sorgenfri” HB (Daniya) bilan kuch sinashishdi. Ushbu qarama-qarshilikda Evropa qitasining o'z yosh toifasida eng kuchli gandbolchilari hisoblangan daniyaliklar vakillarimizni qiyinchilik bilan engishdi.
Ikrom XUDOYBERGANOV tayyorladi
Fikrlar