So’nggi yangiliklar

13:37Усман Нурмагомедов Абу-Дабидаги қамоқхонада қандай шароитда сақланиши айтилди 0 12:53Дмитрий Бивол ўз юртидаги ва хориждаги баҳслар нимаси билан фарқ қилишини айтди 0 12:00Остон Ўруновни Эроннинг бошқа клуби сотиб олмоқчи 0 11:08"Усман UFC'га керак. У ерда бундай йигитларни яхши кўришади". Царукян Нурмагомедовнинг жанжалдан кейинги келажаги ҳақида гапирди 0 10:17Саккизта медалга эга Ўзбекистон делегацияси IV Ёшлар ёзги Олимпия ўйинларида нечанчи ўринни эгаллади? 0 09:46Россия бокс терма жамоасига виза беришмади 0 09:15Миллатлар лигаси. Нидерландиядан 7 та гол, Германиядан ишончли ғалаба 0 08:44Zagreb Grand Prix 2026. Диёра Келдиёрова яна шоҳсупада! 0 08:13"UFC Усман Нурмагомедовга умрбод тақиқ қўйилишидан умидворман" - Нина Драма 0 07:42WBC россиялик боксчиларни рейтинглар ва чемпионлик жангларидан четлатиш қарорини тасдиқлади 0 07:01Лионель Месси Аргентинада махсус учрашувда иштирок этади 0 20:58Ўзбекистон чемпионати: аёллар курашида ғолиблар аниқланди 0 20:27Муҳиддин Мадаминов Tata Steel Chess 2027 турнирида иштирок этади, Бибсара ҳам! 0 19:56UFC’нинг мағлубиятсиз жангчиси гиёҳванд моддаларни меъёридан ортиқ истеъмол қилгани ортидан шифохонага ётқизилди 0 19:25Кэррик МЮдан хафа ва раҳбариятдан ранжиган — The Telegraph 0

04 apr 16:00
Yangiliklar

Og'ir atletika

Yosh og'ir atletikachilarimiz jahon chempionatidagi ishtiroklarini boshladilar

Teglar :  Og'ir atletika
2-3 aprel kunlari Tailand poytaxti Bangkok shahrida Xalqaro Og'ir atletika federaciyasining navbatdagi Kongressi bo'lib o'tdi.


Unda O'zbekiston Og'ir atletika federaciyasi raisining birinchi o'rinbosari SHahrullo Mahmudov ham ishtirok etdi. Kongress ertaga, 4 aprel kuni start oladigan o'smirlar o'rtasidagi jahon chempionati arafasida tashkil etildi va so'nggi Olimpiya cikli, yani 2013-2016 yillarda qilingan ishlarga mantiqiy yakun yasab berdi. Malumot uchun, SHahrullo Mahmudov Osiyo Og'ir atletika federaciyasining vice-prezidenti, Xalqaro og'ir atletika federaciyasi texnik qo'mitasi azosi hisoblanadi. 

Kongressda bir qator masalalar muhokama etildi. Jumladan, aytib o'tganimizdek 2013-2016 yillar mobaynida Xalqaro Og'ir atletika federaciyasi tomonidan qilingan ishlar, o'tkazilgan musobaqalar, sarflangan mablag'lar xaqida hisobot berildi. SHuningdek, navbatdagi Olimpiya cikli 2017-2020 yillar uchun mo'ljallangan istiqbol rejasi, marketing masalalari, doping nazorati masalalaridayam fikr almashildi. 

Ertadan endi Bangkokda o'smirlar o'rtasidagi jahon chempionati start oladi. Musobaqada 57 ta davlatdan 445 nafar sportchilarning ishtirok etishi kutilayapti. O'zbekiston terma jamoasi ham musobaqada to'liq tarkibda qatnashadi. Bugun kechurun, 16 ta sportchi, 4 ta murabbiy va bitta hakamdan iborat delegaciyamiz azolari Toshkent xalqaro aeroportidan jahon chempionatida ishtirok etish Tailand safariga jo'nab ketishadi. 10 aprelga qadar davom etadigan musobaqada quyidagi sportchilarimiz yurtimiz sharafini himoya qilishadi: 

1. Saidmuxtor Saidaxrorov         94 kg

2. Azamat Ramazanov                      62 kg

3. Asadbek Narimanov                   62 kg

4. Muhammadqodir Toshtemirov    69 kg

5. Aleksandr Li                             94 kg

6. Sarvar Toshtemirov                  69 kg

7. Dilmurod Salimov                    77 kg

8. Azimjon Xodjiev                       85 kg

9. Dolera Davronova                     75 kg

10. Gulnoza Axmadova                    75 kg

11. Zuxra Otajonova                     48 kg

12. SHaxloxon Abdullaeva             58 kg

13. Tursunoy Jabborova               69 kg

14. Kumushxon Fayzullaeva           58 kg

15. SHodmonoy Ochilova                 75 kg

16. Zarnigor Abduraxmonova        63 kg


Biz uchun etiborga molik jihati shundaki mazkur jahon chempionatida 2018 yilda Argentinada bo'lib o'tadigan III o'smirlar Olimpiya o'yinlariga licenziyalar o'ynaladi. Malumotlarga ko'ra, jahon chempionatida 1-7 o'rinni egallagan terma jamoalar 2+2 ko'rinishida licenziyalarga ega bo'lishadi. Yani umumjamoa hisobida kuchli ettitalikka kirgan davlatlar uchun 2 ta o'g'il bolalar va 2 ta qizlar uchun o'smirlar Olimpiya o'yinlari yo'llanmasi ajratiladi. 8-17 o'rinlarni band etgan terma jamoalarga esa 1+1 ko'rinishida yo'llanmalar taqsimlanadi. 


Biz bo'lajak jahon chempionatida terma jamoamiz azolariga omad va zafarlar tilab qolamiz va albatta yurtimizga yorug' yuz bilan qaytishlariga tilakdoshmiz.


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing