15 avg 12:51
Yangiliklar
Yosh og'ir atletikachilarimiz Osiyo chempionatini 51 ta medal bilan yakunlashdi
Musobaqaning so'nggi kuni yigitlar o'rtasida eng og'ir vazn toifasida medallar o'ynaldi. Unda yoshlar o'rtasida +110 kg vazn toifasida ishtirok etgan yurtdoshimiz Omadillo Olimov siltab ko'tarish va ikki kurash yo'nalishlarda oltin medallarga egalik qildi.
SHu tariqa, 8 kun davom etgan bellashuvlarda o'zbekistonlik yosh atletlar quyidagicha medallarni qo'lga kiritishdi.
Yoshlar toifasida:
7 ta oltin
10 ta kumush
6 ta bronza
Jami: 23 ta
O'smirlar toifasida:
6 ta oltin
8 ta kumush
14 ta bronza
Jami: 28 ta
SHuningdek, sportchilarimiz quyidagi 4 yo'nalishda umumjamoa hisobida birinchi bo'lishdi:
— Yoshlar toifasidagi umumiy ochkolar jamg'arish;
— Yosh qizlar toifasidagi ochkolar jamg'arish;
— O'smirlar toifasidagi umumiy ochkolar jamg'arish;
— O'smir yigitlar toifasidagi ochkolar jamg'arish.

Fikrlar