05 okt 05:34
Yangiliklar

Yosh polvonlar Gurlanda bellashmoqda
Bellashuvlarda mamlakatimizning barcha xududlaridan kelgan 500 nafardan ziyod o'g'il qiz g'oliblik uchun bahslarga kirishdi. Dastlabki kun musobaqalar uch kurashni kiyimlik yo'nalishida bo'lib o'tdi. O'g'il bolalar 10 ta vazn toifasida qizlar esa 4 ta vaznda o'z mahoratlarini namoyish qilishdi.
SHerzod Qo'shniyozov, Umidjon Saydullaev, Sabina Qidirboeva, Fotima Idievalar o'z vazn toifasida g'oliblik shohsupasiga ko'tarilishdi.
SHundan keyin O'zbekiston kubogi bahslari bel olishning chalish yo'nalishi bo'yicha davom ettirildi. Ushbu bellashuvlarda o'g'il bolalar 14 ta vazn toifasida, qizlar esa 3 vaznda o'z imkoniyatlarini sinovdan o'tkazdilar. O'zbekiston qubogi 7 oktyabr kuni yakunlanadi.
Fikrlar