15 mar 15:22
Yangiliklar
Kurash

Yosh polvonlarimiz Moskvada yunon-rum kurashi bo'yicha turnirda qatnashmoqdalar
Rossiya Federaciyasi poytaxti Moskva shahrida yunon-rum kurashi bo'yicha Olimpiya o'yinlari chempioni Boris Gurevich xotirasiga bag'ishlangan xalqaro turnir o'tkazilmoqda.
Ushbu musobaqada 10 ta davlat vakillari qatorida o'zbekistonlik polvonlar ham ishtirok etishmoqda.
Kecha turnirning birinchi kungi bahslar o'tkazildi. Unda -55kg vazn toifasida gilamga chiqqan hamyurtimiz Amir Sultonov bronza medalini qo'lga kiritdi.
Bugun yana boshqa sportchilarimiz musobaqada o'z omadlarini sinab ko'radilar.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar