So’nggi yangiliklar

11:47Таэквондо бўйича Лондон-2012 Олимпиадаси совриндори яна UFC билан шартнома имзолади 0 11:06Богдан Гусков: "Мен Анкалаевга мухлислик қилганман" 0 10:29Романо Возиньянинг янги клуби номини маълум қилди 0 09:50Фьюри Паттайядаги бокс оқшомида Вахни техник нокаут эвазига мағлуб этди 0 09:02Ёш синхрон сузувчиларимиз Осиё чемпионатини сермаҳсул ўтказишмоқда 0 19:26Тўрабек Хабибуллаев ҳам Арманистондаги турнир финалига йўл олди 0 18:40Марк ван Боммел Бельгия терма жамоаси бош мураббийи этиб тайинланди 0 18:04FIDE президенти Европа Иттифоқи санкцияларига тушди ва ваколатларини вақтинча тўхтатди 0 17:32Стол теннисчиларимиз “WTT Youth Contender” турнирида 4 та медални қўлга киритишди 0 16:45Гусков: "Анкалаев ҳам оддий инсон" 0 16:00Расман: Юрген Клопп — Германия терма жамоаси янги бош мураббийи 0 15:10Гусков ҳам, Темиров ҳам ўз вазнида. UFC Fight Night 282 турнирининг вазн ўлчаш маросими ўтказилди (барча натижалар) 0 14:26Мария Тимофеева дунёнинг 40-ракеткаси олдида ожиз қолди 0 13:45Гусков нокаут қилиши мумкин - Анкалаев шундай фикрда! 0 12:29ЖЧ-2026нинг энг яхши футболчиси узоқ муддатга сафдан чиқиши мумкин 0

04 iyu 13:16
Yangiliklar

Bolalar sporti

Yosh sportchilarning sevimli maskani

O'zbekiston mudofaasiga ko'maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Xorazm viloyati kengashi tizimidagi tashkilotlarda bolalar va ommaviy sportga alohida etibor qaratilyapti.

Kengash tomonidan yurtimiz kelajagi bo'lgan o'g'il-qizlarni elimizga sadoqatli, xalqimizga mehr-muruvvatli, shuningdek, jismonan baquvvat va sog'lom ruhda voyaga etkazishdek xayrli ishlar amalga oshirilmoqda. 

Buning barobarida, viloyatda sportning texnik va amaliy turlarining ommaviyligiga erishish, yoshlar orasida ushbu sport turlariga bo'lgan qiziqishini oshirish maqsadida tegishli vazifalar belgilangan. 

Mubolag'a emas, viloyat texnik va amaliy sport turlari markazi, vohaning shahar va tumanlaridagi o'quv sport texnika klublarining faoliyati tubdan yaxshilandi. Ularning moddiy-texnika bazasi yangilanib, mustahkamlandi. Bugungi kunda viloyatda sportning texnik va amaliy hisoblangan 11 ta - yozgi biatlon, triatlon, duatlon, pnevmatik quroldan o'q otish, motokross, karting, parashyut sporti, harbiy amaliy ko'pkurash, aviamodel, raketamodel va radiosport turlarini qamrab olgan 50 dan ziyod sekciyalar faoliyat ko'rsatmoqda. 

Ularda ming nafarga yaqin o'g'il-qizlar o'zlari mehr qo'ygan sport turlarini katta qiziqish bilan o'zlashtiryapti. Mashg'ulotlardan tashqari, reja asosida uyushtirilayotgan musobaqalar esa ular o'rtasida sportning texnik va amaliy turlariga bo'lgan qiziqishini oshirmoqda, yoshlarning ushbu sport turlari bo'yicha malaka va mahoratini oshirishiga omil vazifasini o'tamoqda. 

Joriy yilning o'tgan davri mobaynida viloyat miqyosida sportning pnevmatik quroldan o'q otish, yozgi biatlon, duatlon, karting turlari bo'yicha 13 ta musobaqa o'tkazildi. Ularda 600 nafarga yaqin sportchining ishtiroki taminlandi. SHuningdek, 134 ta shahar va tumanlar hamda klub birinchiliklari uyushtirildi. Mazkur musobaqalarda 4000 nafardan ziyod yosh sportchi o'z mahoratini namoyish etdi.

Xorazmlik sportchilar O'zbekiston chempionati va birinchiliklarida ham munosib ishtirok etishmoqda. Jumladan, fevral oyida Termez shahrida uyushtirilgan motopoyga bo'yicha O'zbekiston chempionatining birinchi bosqichida  Maksim Aripov va Rahmatulla Rahimov dvigatel sig'imi 750 santimetr kub bo'lgan motocikllar poygasida kumush medalni qo'lga kiritishdi. Aynan ushbu juftlik aprel oyida Jizzax shahrida bo'lib o'tgan chempionatning final qismida ham ikkinchi o'rinni egallashdi. 

Pnevmatik quroldan o'q otish sporti sekciyasi azolari ham yuqori  natijalarni qayd etishayotir. Xususan, mart oyining boshida Buxoroda o'tkazilgan O'zbekiston kubogining birinchi bosqichida SHahnoza Masharipova pnevmatik miltiqdan o'q otish yo'nalishida uchinchi o'rinni band etdi. U xuddi shunday natijaga Andijon viloyatida tashkil etilgan birinchilikda ham erishdi. 

Triatlon bo'yicha viloyat terma jamoasi azosi Dilafruz Saidova 1997 yil va undan katta yoshdagi sportchilar orasida O'zbekiston chempioni nomini qo'lga kiritdi. Uning jamoadoshi Mahliyoxon Xudoyberganova esa 2001-2003 yilda tug'ilganlar guruhida uchinchi o'ringa sazovor bo'ldi. SHuningdek, yoshlar orasida yozgi biatlon sporti bo'yicha Odamboy Rahimov oltin va bronza, duatlon sporti bo'yicha Hasanboy Tangriberganov bronza medali sohibiga  sohibiga aylanishdi.

Ayni damda, pnevmatik miltiqdan o'q otish  ustalari Olima Komilova, SHahnoza Masharipova, pnevmatik to'pponchadan o'q otish bo'yicha Maqsuda Kerimova O'zbekiston terma jamoasi azolari hisoblanishadi. Qolaversa, Olima Komilova 2020 yili Yaponiya davlatining Tokio shahrida uyushtiriladigan yozgi Olimpiada o'yinlari uchun reyting ochkolari beradigan xalqaro musobaqalarda ishtirok etayapti.

- Bugungi kunda sportchilarimiz respublikada etakchilardan hisoblanishadi, - dedi o'q otish sporti bo'yicha Xorazm viloyati terma jamoasi bosh murabbiyi, xalqaro toifadagi hakam Ruslan Jumaboev. - SHogirdlarimiz musobaqalarda yuqori o'rinlarni egallab kelishmoqda. Sara Satipova, Aziza Ismoilova, Diyorbek Ochilov, Nusratbek Saparboev singari mergan yoshlarimiz borki, ulardan umidlarimiz katta. Nasib qilsa, bu sportchilar  orasidan nafaqat mamlakat chempionlari, xalqaro musobaqalar g'olib va sovrindorlari etishib chiqadi.

Ikrom XUDOYBERGANOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing