So’nggi yangiliklar

15:50Шоҳасан Мирзаматов Octagon 94 турнирида жанг қилади 0 15:19Флик "Барселона"нинг Ла Лигада "Атлетико" устидан қозонган ғалабасидан сўнг нималар деди? 0 14:48Zagreb Grand Prix 2026 учун таркибимиз тасдиқланди: Диёра ва Давлат ҳам Хорватияга боради! 0 14:17Гэтжининг менежери Топурияга қарши реваншни истисно қилди: "Унинг акаси ҳаётини сақлаб қолди" 0 14:04Дакарда бугун уч нафар ўзбекистонлик спортчи баҳсларга қўшилади 0 13:46Самбо бўйича 50-Жаҳон чемпионатининг сўнгги кун тақдирлаш маросимидан ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 13:15"Манчестер Юнайтед" тарихида илк бор ушбу ҳолатга тушиб қолди 0 12:44Конор Макгрегор: "Холлоуэйни бир оёқда ҳам енгардим" 0 12:11Ковингтон UFC жангчилари ва Zuffa боксчилари ўртасидаги мукофот фарқи учун Дана Уайтни танқид қилди 0 11:40Жаҳонгир Зокиров "Zuffa"даги жанги учун Ар-Риёдга етиб борди 0 11:09Ўзбекистон – Саудия Арабистони учрашуви учун чипталар нархи маълум бўлди 0 10:38"Қўллар қичишяпти". Нурмагомедов жанг ўтказиш истагини билдирди 0 10:07Самбо бўйича юбилей 50-Жаҳон чемпионатининг сўнгги кун беллашувларидан ёрқин ФОТОРЕПОРТАЖ 0 09:36Ёшлар Олимпиадаси. Боксчимиз кореялик рақибасини техник нокаутга учратди + ФОТО 0 09:05А Серия. Етакчилар баҳсида "Интер"нинг қўли баланд келди + ВИДЕО 0

27 okt 17:34
Yangiliklar

Stol tennisi

Yosh stol tennisi ustalari Qo'shko'pirda jam bo'lishdi FOTOGALEREYA

Xorazm viloyatining Qo'shko'pir tumanidagi 8-son umumtalim maktabining sport zalida stol tennisi bo'yicha “Tuman hokimi sovrini” uchun Ochiq birinchilik o'tkazildi.

Xorazm viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi hamda tuman bo'limi, shuningdek, O'zbekiston stol tennisi federaciyasining viloyat bo'limi hamkorligida tashkil etilgan mazkur musobaqada 2006-2007 hamda 2008-2009 yillarda tug'ilgan o'smirlar ishtirok etishdi. 

Jami 112 nafar ishtirokchi qatnashgan ushbu musobaqa yoshlar o'rtasida sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish, o'g'il va qizlarni sport turlariga bo'lgan qiziqishlarini oshirishga xizmat qildi. 

Musobaqaning kichik yoshli ishtirokchilar bahsida urganchlik Diyora Qadamboeva qizlar, xivalik Tohirjon Jumaniyozov o'g'il bolalar orasida shohsupaning eng yuqori pog'onasidan joy oldi. 

Ushbu yosh toifasida Javhar Saidov, Dinora Marimboeva (ikkalasi Urganch shahri) mos ravishda ikkinchi o'rinni, Suxrob Samandarov (Urganch tumani), Foziljon Nurmetov (Bog'ot tumani), Kumush Rahimberganova, Asaloy Marimova (ikkalasi Urganch shahri) uchinchi o'rinni egallashdi.

Katta yoshli qatnashchilar bellashuvida Dildora SHomuratova (Xiva shahri) va Komronbek Marimov (Urganch shahri) zafar quchdi. SHuningdek, Bobur Sattorov (Xiva shahri), SHahboz Qurbonboev (Qo'shko'pir tumani), Og'abek Sapaboev (Hazorasp tumani), Fotima Matrizaeva (Urganch shahri), Zebiniso Qosimova (Urganch shahri) va Sevinchoy Iskandarova (Qo'shko'pir tumani) sovrindorlar safidan joy olishdi.

- Birinchiligimizni umumtalim maktabida o'tkazishimiz o'ziga xos mano kasb etadi, - deydi musobaqa bosh hakami Zamira Sapaeva. – Vaholanki, ushbu talim maskanida tahsil olayotgan o'quvchilar musobaqani bevosita tomosha qilib, sportning sog'liklari uchun afzaliklarini ko'ngildan his qilishlarida, buning barobarida, unga oshno tutinishlari yo'lida amaliy yordam ko'rsatishga  qaratilgan. Ishonchim komilki, ko'zlagan niyatimizga erishdik. O'z navbatida yosh sportchilarimizga quvonchli lahzalarni tuhfa etganimizdan juda xursandmiz.

Musobaqaning yopilish marosimida g'olib va sovrindor sportchilar Qo'shko'pir tumani hokimligi tomonidan diplom, medal va sovg'alar bilan taqdirlandilar.

Ikrom XUDOYBERGANOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing