28 iyu 14:41
Yangiliklar
Velosport
Yosh velosportchilar guruh poygasida raqobatlashdi
Toshkent viloyatida kattalar va 23 yoshgacha bo'lgan sportchilar o'rtasida davom etayotgan velosportning shosse yo'nalishi bo'yicha O'zbekiston chempionatining guruh poygalarida ilk g'olib va sovrindorlar aniqlandi.
Guruh poygalarining 23 yoshgacha bo'lgan yigitlar bahsi 129 km. masofada o'tkazilib, yakunda Dmitriy Bocharov marraga birinchi bo'lib etib keldi va mamlakat chempioniga aylandi. Bekzod Rahimboev va Farrux Bobosherov esa mazkur yo'nalishda ikkinchi hamda uchinchi o'rindan joy oldi.
Ushbu yosh toifasidagi qizlar bahsida ishtirokchilar 84 km. masofada o'zaro kuch sinashdi. Unda Madina Qahhorova, Anna Kuskova, Mohinabonu Elmurodova kuchli uchlikdan o'rin egalladi.
O'zbekiston chempionatining so'nggi kunida elita toifasida guruh poygasi bo'lib o'tadi. Poygada erkaklar 168 km. masofani bosib o'tsa, ayollar 126 km.da kuch sinashadi.
Havola :
Manba : uza.uz
Fikrlar