19 iyu 15:03
Yangiliklar
“Yoz-2018”. Zangiota tumani hokimi sovrini uchun musobaqalar o'tkazildi
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 3-iyundagi "Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-3031-sonli qarorini amalga oshirish maqsadida Zangiota tumani hokimligi hamda 2-Bolalar-o'smirlar sport maktabi tomonidan "Yoz-2018" sport musobaqasi haftaligi bo'lib o'tdi.
Jumladan, darts musobaqasida tumanda yashovchi 50 nafarga yaqin sportchi ishtirok etdi. Sport maktabining karate bo'limi esa ushbu sport turi bo'yicha g'oliblikka erishdi. Maktabning futbol bo'limi ikkinchi, engil atletikachilari esa uchinchi o'rinni band etishdi.
Haftalik yakunida musobaqa g'olib va sovrindorlariga Zangiota tumani hokimi tomonidan tasis etilgan sovg'alar, shuningdek, medal hamda diplomlar tantanali ravishda topshirildi.
Fikrlar