27 mar 14:07
Yangiliklar
"Yulduzlar fabrikasi" murabbiyini tabriklaymiz!
Mana bir necha yildirki, Bekzod To'raboev nafaqat Surxondaryo viloyati, balki butun Respublikamiz dzyudosini yanada rivojlantirishga beminat xissa qo'shib kelyaptilar. Bu esa o'z natijasini bermay qolmayapti. Surxondaryolik dzyudochilarning musobaqalarda erishayotgan natijalari, qo'lga kiritayotgan yutuqlari fikrimizga isbot bo'la oladi.
Bugungi kunda terma jamoamizning etakchilari bo'lgan - SHarofiddin Lutfullaev, Hikmatulloh To'raev, shuningdek, o'z vaqtida nufuzli musobaqalarda zafar quchgan Yahyo Imomov singari dzyudochilarning yuzaga, tabir joiz bo'lsa, katta sahnaga chiqishida aynan Bekzod akaning xizmatlari katta bo'lgan.
Fursatdan foydalanib, saytimiz ijodkorlari va yurtimizdagi barcha dzyudochilar Bekzod To'raboevni bugungi tavallud ayyom bilan muborakbod etamiz!
Fikrlar