So’nggi yangiliklar

01:44Бобир Тагиев иштирокидаги Mangu 3 марказий жанги биринчи раундда якунига етди (ВИДЕО) 0 00:59Mangu 3. Амирхон Алихўжаев иштирокидаги жанг муддатидан аввал якунланди (ВИДЕО) 0 00:43Фирдавс Ҳасанов қирғизистонлик спортчига қарши жанг қилди 0 23:35Авлиёхон Ҳамидов Mangu 3 турнирида жанг қилди 0 22:51Ана холос! Mangu 3 турнирининг марказий жанги бекор бўлди — сабаби маълум 0 22:01Нажмиддин Қосимхожиев ва Марат Мавлонов Рим Гран-присида бронза медалларига эга чиқишди 0 19:48Топурия Гэтжининг хотини ҳақидаги сўзларига "ответ" қилди: "Тез орада гапиришдан тўхтайди" 0 19:02Василий Ломаченконинг рақиби айтилди 0 18:16Канчельскис — ЖЧ-2026 ҳақида: "Шотландия, Англия ва Ўзбекистонга мухлислик қиламан" 0 17:41Дана Уайт Жон Жонсни тарихдаги энг яхши жангчи унвонидан маҳрум қилмоқчи 0 16:53Ислам Махачев фаолиятидаги энг севимли жангини айтди 0 16:08Makarska Open. Мария Тимофеева 1/2 финалда! 0 15:29Фабио Каннаваро Тимур Кападзе ва Сречко Катанец ҳақида гапирди 0 14:56Шахматчимиз Грандмастер даражасини қўлга киритди 0 14:08Octagon 87 турнири учун яна бир қизиқарли жанг эълон қилинди. Жаҳонгир Нажмиддинов қайтмоқда 0

14 iyu 16:25
Yangiliklar

Kurash, Tokio-2020

Yunon-rim kurashchilarimiz Olimpiadaga qanday tayyorlanishmoqda?

Teglar :  Rio-2016Kurash
Yunon-rum kurashi bo'yicha mamlakatimizning asosiy terma jamoasi poytaxt viloyatining Angren shahrida Rio-2016 Olimpiadasi oldidan yurtimizda tashkil etilishi rejalashtirilgan so'nggi o'quv-mashg'ulot yig'inini boshladi.



Bundan avvalgi yig'in Toshkentda, “Dinamo” sport majmuasida o'tkazilgan edi. Komil Fatkulin boshchiligidagi murabbiylar shtabi asosiy etiborni aynan Angrendagi yig'inga qaratishni maqsad qilgan. Boisi, Olimpiada dasturidan o'rin olgan yunon-rum kurashi musobaqalari boshlanishiga roppa-rosa bir oy vaqt qoldi.

Etiborga molik jihati shundaki, terma jamoa sportchilari mashg'ulotlardan tashqari psixologik test ham topshirishdi. Bu esa Rio Olimpiadasiga boradigan kurashchilarimizning musobaqaga professional yondashuv bilan, har tomonlama jiddiy tayyorgarlik ko'rayotganining isbotidir. Angrendagi yig'inda Olimpiadaga yo'l oluvchi to'rt nafar yunon-rum kurashchimizga terma jamoaning ikkinchi raqamli sportchilari sparing bahslarida yordam berishadi. Mashg'ulotlarning katta qismi ham aynan sparing bahslariga ajratiladi. Taqqoslaydigan bo'lsak, 2012 yili Londonda bo'lib o'tgan Olimpiadada 2 nafar yunon-rum kurashchimiz ishtirok etgan edi.


Eslatib o'tamiz, Riodagi Olimpiadada O'zbekiston sharafini Elmurat Tasmuradov, Mo'min Abdullaev, Dilshod Turdiev va Bekzod Abdurahmonov kabi kurashchilarimiz himoya qiladilar.


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing