07 iyu 11:37
Yangiliklar
Yunon-rum kurashchilarimiz Osiyo o'yinlariga tayyorgarlikni qizg'in davom ettirishmoqda
Milliy olimpiya qo'mitasi sportchilarimizni nufuzli musobaqalarga munosib tayyorgarlik ko'rishlari uchun o'quv-mashg'ulot yig'inlari, turli xalqaro turnirlar tashkil etib kelmoqdalar.
Kecha ana shunday yig'inlardan birini yunon-rum kurashchilarimiz ham boshlab yuborishdi. Sportchilar tajribali murabbiylar qo'l ostida 20 iyunga qadar "Dinamo" sport jamiyatiga qarashli mashg'ulotlar zalida shug'ullanadilar.
Malumot uchun, sport kurashlari miloddan avvalgi 708 yilda Olimpiya o'yinlari dasturiga kiritilgan. Ko'rib turganingizdek, bu qadimiy sport turi hisoblanadi. Bugungi kunda sport kurashlari O'zbekistonda ancha ommaviylashgan. Hamyurtlarimiz jahon arenalarida muvaffaqiyatli ishtirok etib kelmoqdalar.
Fikrlar