13 sen 06:47
Yangiliklar
Sport kurashlari
Yunon-rum kurashchimiz Jalgasbay Berdimuratov jahon chempionati finalida kurashdi
Serbiya poytaxti Belgrad shahrida sport kurashlari bo'yicha jahon chempionati davom etmoqda.
Yunon-rum kurashchilarimizdan ikki nafari shohsupaga ko'tarildi. 55 kg vaznda kurashgan Jasurbek Ortiqboev bronza medalini qo'lga kiritgan bo'lsa, 82 kg vaznda yurtimiz sharafini himoya qilgan Jalgasbay Berdimuratov jahon chempionatining kumush medaliga sazovor bo'ldi.
Tokio Olimpiadasi ishtirokchisi, Islom birdamligi o'yinlari g'olibi ilk davrada qozog'istonlik Dias Kalen, 1/8 finalda xitoylik Vong CHengvu, 1/4 finalda ozarbayjonlik Rafig Huseynov, 1/2 finalda esa vengriyalik Tamash Levaini mag'lubiyatga uchratdi. Jahon chempionligi uchun kechgan murosasiz finalda esa u turkiyalik Burxan Akbudakka bir ochko farqi bilan imkoniyatni boy berib qo'ydi - 6:7.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar