18 avg 07:33
Yangiliklar
Yunon-rum kurashchimiz Quvonchbek Ismoilov jahon chempioni + FOTOGALEREYA
Dunyo birinchiligining ilk kuni yunon-rum kurashi bo'yicha 4 ta vazn toifasida g'olib va sovrindorlar malum bo'ldi. Quvonarlisi, 63 kg vazn toifasida tashkil etilgan bellashuvlarda Quvonchbek Ismoilov jahon chempioniga aylandi. Hamyurtimiz hal qiluvchi final bahsida rossiyalik Salim Karmaxovni 9:7 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.
Ismoilov finalga qadar xitoylik Jaojian Vangni 14:5, finlyandiyalik Matias Arpyanenni 9:8, ozarbayjonlik Tural Ahmadovni 3:2, ekvadorlik Veliz Karrasedoni 3:2 hisobida taslim etdi.
Bugun yana uch nafar yunon-rum kurashchimizda bronza medalini qo'lga kiritish imkoniyati bor. Hojiakbar Qo'chqorov (55 kg) va Behruzbek Aliev (72 kg) to'g'ridan-to'g'ri bronza medali uchun gilamga chiqadi. Ularning raqiblari o'tish bahslaridan so'ng malum bo'ladi. 97 kg vazndagi Faxrikamol Komiljonov o'tish bellashuvida yaponiyalik Ryosey Katamtsu bilan hisob-kitob qiladi.















Fikrlar