So’nggi yangiliklar

13:10Жонс Аспиналл билан эмас, Нганнуга қарши жанг қилмоқчи 0 12:32Ўзбекистоннинг 17 клуби ОФК лицензиясини қўлга киритди, аммо... 0 12:05Эртага ўтказиладиган UFC 316 турнирининг тўлиқ карди билан танишинг 0 11:29Украин бокси афсонаси Василий Ломаченко фаолиятини якунлади 0 11:03"Ролан Гаррос". Карлос Алькараз илк финалчи! 0 10:37Тадбиркор Ўткир Юсуповга уч хонали уй совға қилди 0 10:11Давлат Бобоновни табриклаймиз! 0 09:46Иман Хелиф Эйндховендаги турнирда қатнашадими? 0 09:19Tashkent W15. Етакчиларимиз эплай олмаган ишни Шубина амалга оширди, у 1/2 финалда! 0 08:58ЖЧ-2026 саралаши. Норвегия Италияни сочиб ташлади 0 08:37"Эйндховен кубоги". Боксчиларимиз ўз иштирокларини бошлашди 0 23:32UFC 316 турнирининг барча иштирокчилари тарозидан ўтишди 0 18:38UFC 316. Шон О'Мэлли Мераб Двалишвилидан оғирроқ чиқди (ФОТО) 0 15:30ЖЧ йўлланмасини қўлга киритган футболчиларимизга қандай мукофотлар берилиши маълум 0 14:48Жон Жонс бир марта чеченистонлик жангчидан нокаутга учраганини тан олди 0

08 iyu 08:14
Yangiliklar

Kurash

Yunon-rum kurashi. Abror Atabaev jahon chempioni!

Teglar :  Yunon-rum kurashi
Xorvatiyaning Zagreb shahrida sport kurashlari bo'yicha o'smirlar o'rtasida jahon chempionati bo'lib o'tmoqda.

Yunon-rum kurashi bahslarida -48 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Abror Atabaev final yo'llanmasini qo'lga kiritganligi haqida xabar bergandik. Bugun u hal qiluvchi jangda eronlik Sajjad Abbospuragoniga qarshi gilamga chiqdi va raqibini mag'lubiyatga uchratdi. Ushbu g'oliblik yosh polvonimizga jahon chempionligini taqdim etdi.

-55 kg vazn toifasida musobaqada ishtirok etgan Amir Sultonov esa bronza medali uchun kechgan jangda Manuel Stoikani mag'lubiyatga uchratdi.

-51 kg vazn toifasida bahslarda qatnashayotgan Lazizxon O'zbekov musobaqa davomida Ozarbayjon, Litva, Armaniston kurashchilarini mag'lub etdi va finalga yo'l oldi. Endi u ertaga oltin medal uchun Laysharam Meyteyga qarshi gilamga chiqadi.

Qayd etib o'tish lozimki, musobaqa o'zbekistonlik yosh sportchilar uchun muvaffaqiyatli kechmoqda. Bungacha erkin kurash bo'yicha bahslarda Jamshid Marufov oltin, SHaxboz Komilov esa bronza medalini qo'lga kiritgandi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing